FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 May 2024 1216

Taekvondochilarimizdan ikkinchi kunda uchta medal

Vyetnamda taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ortda qoldi. Qayd etish joiz, bugungi bellashuvlar Oʻzbekiston terma jamoasi uchun ancha sermahsul oʻtdi. Kun davomida ishtirok etgan hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Feruza Sodiqova (-62 kg) ketma-ket uchinchi bor qitʼa birinchiligida shohsupaga koʻtarildi. Jahon chempionatlarining ikki karra sovrindori bugun finalda imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, yarim finalgacha yetib borgan Najmiddin Qosimhojiyev (-74 kg) hamda Gulsanam Alijonova (-73 kg) bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Bu har ikki sportchimiz uchun Osiyo chempionatlaridagi birinchi medal hisoblanadi.

Shu tariqa, terma jamoamiz jamgʻargan medallar hozircha 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi. Musobaqa davom etadi.

Text to speech