18 May 2024 1217

Jaysunov ikki karra Osiyo chempioni! Jamoamiz qit’a birinchiligini 7 ta medal bilan yakunladi

Vetnamning Danang shahrida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida ham O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

-80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasurbek Jaysunov barcha raqiblarini mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempionligini rasmiylashtirgan bo‘lsa, Svetlana Osipova (+73 kg) hamda Diyorbek To‘xliboyev (-68 kg) o‘z hisoblariga bronza medallarini yozdirib qo‘yishdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini eslab o‘tamiz:

Oltin medal:
-80 kg: Jasurbek Jaysunov

Kumush medal:
-62 kg: Feruza Sodiqova

Bronza medal:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-68 kg: Diyorbek To‘xliboyev
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-73 kg: Gulsanam Alijonova
+73 kg: Svetlana Osipova

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida uchinchi o’rinni egalladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi jamoamizni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, sportchilarimizga kelgusi turnirlarda ham omad tilaydi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu