18 May 2024 433

Parij-2024 litsenziatlari: Osiyo oʻyinlari gʻolibi Anna Prakaten

Fransiya poytaxtida yurtimiz sharafini himoya qiladigan yana bir atletimiz bilan tanishamiz. Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anna Prakaten bugun eʼtiborimiz markazida.

Prakaten Anna Vitalyevna 1992-yil 6-sentyabr kuni Minsk shahrida (Belarus) tavallud topgan. Avvalgi terma jamoasi safida Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2023-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Vyacheslav Didrix. Yakkalik dasturiga ixtisoslashgan Prakaten 2023-yil Serbiyada oʻtgan jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida qitʼamizda tengsiz ekanini namoyish etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Prakaten aprel oyida Janubiy Koreyada oʻtgan qitʼaviy litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega chiqqan.

Text to speech