17 May 2024 911

Toshkentda stol tennisi bo’yicha Parij-2024 litsenzion turniri boshlandi

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida stol tennisi boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi Markaziy Osiyo litsenzion turniri start oldi. Eslatib oʻtamiz, 19-mayga qadar davom etadigan musobaqada 5 mamlakatdan 18 nafar sportchi gʻoliblik uchun kurash olib boradi.

Bugun turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ayni paytda saralash bellashuvlari oʻtkazilyapti. Dasturga koʻra, ertaga saralash bosqichining soʻnggi oʻyinlari va chorak final bahslari, 19-may kuni esa yarim final va final bellashuvlari tashkil etiladi. Eslatib oʻtamiz, erkaklar va ayollar oʻrtasida yakkalik dasturida oʻtadigan musobaqada faqat gʻoliblar Olimpiada yoʻllanmasiga ega boʻlishadi. Unda qatnashayotgan hamyurtlarimiz quyidagi guruhlardan joy olgan:

Erkaklar:
“В” guruhi: Shohruh Iskandarov (Oʻzbekiston), Noshad Alamiyan (Eron), Alisher Yakupbayev (Qirgʻiziston);
“С” guruhi: Zohid Kenjayev (Oʻzbekiston), Nima Alamiyan (Eron), Alan Kurmangaliyev (Qozogʻiston).

Ayollar:
“A” guruhi: Rozalina Xodjayeva (Oʻzbekiston), Maxshid Astari (Eron), Saida Kudusova (Qirgʻiziston), Sarvinoz Mirqodirova (Qozogʻiston);
“В” guruhi: Marhabo Magdiyeva (Oʻzbekiston), Anastasiya Lavrova (Qozogʻiston), Neda Shaxsavari (Eron), Ayana Ulanbekova (Qirgʻiziston).

Text to speech