13 Iyun 2021 2074

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi karatechilarimizni qabul qildi

Fransiyaning Parij shahrida karate WKF bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur turnir doirasida O‘zbekistonning Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev delegatsiyamiz bilan uchrashdi.

Sardor Mirzayusupovich MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov boshchiligidagi delegatsiyamizni qabul qildi. Samimiy o‘tgan uchrashuvda tomonlar bir qator hamkorlik masalalari bo‘yicha suhbat olib borishdi. Qayd etish joiz, Tokio-2020 dan keyingi Olimpiya o‘yinlariga 2024 yili Parij mezbonlik qiladi. Suhbatda kelgusi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha ham fikrlar bildirildi.

Shundan so‘ng Sardor Rustamboyev terma jamoamiz vakillarini o‘zbek milliy taomlari bilan mehmon qilib, sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qoldi. O‘z navbatida Sherzod Tashmatov elchi janoblariga MOQning esdalik sovg‘asini topshirdi va ikki mamlakat o‘rtasida sport sohasini ham rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan xizmatlari uchun tashakkur izhor qilib o‘tdi.

Text to speech