15 May 2024 996

Parij-2024 litsenziatlari: 20 yilda Olimpiada yoʻllanmasiga erishgan Yekaterina Shubina

Tanishtiruv navbati eshkak eshuvchilarimizga ham yetib keldi. Ular orasida dastlab beshinchi sikldagi urinishda Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan baydarkachimiz Yekaterina Shubina haqida maʼlumot beramiz.

Shubina Yekaterina Vyacheslavovna 1988-yil 2-may kuni dunyoga kelgan. 2004-yildan baydarkada eshkak eshish boʻyicha yoshlar, soʻng kattalar toifasida terma safida ishtirok etib kelmoqda. Murabbiyi Violetta Shubina. Bu galgi qahramonimiz Pekin-2008, London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kvalifikatsion musobaqalarida qatnashib, qaysidir pallada omadsizlikka uchragan. Yuksak iroda bilan astoydil tayyorgarlik olib borgan 36 yoshli Shubinaning orzusi nihoyat Parij-2024 Olimpiadasida ushaldi. Qahramonimiz faoliyati davomida Osiyo oʻyinlarida 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan. Shuningdek, qitʼa chempionati va Jahon kubogi bosqchilarida ham bir necha bor shohsupaga koʻtarilgan.

Shubina aprel oyida Yaponiyada oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali baydarkada eshish boʻyicha yakkalik dasturida Parij-2024 yoʻllanmasiga sazovor boʻlgan.

Text to speech