FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 May 2024 1371

Sport vazirligi va MOQ rahbariyati dunyo birinchiligi oldidan dzyudochilarimizga omad tiladi

Maʼlum qilganimizdek, 19-24-may kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Bugun Sport vazirligi va MOQ rahbariyati terma jamoa aʼzolari bilan uchrashib, masʼuliyatli musobaqa oldidan sportchilarimizga omad tiladi.

Mamlakat dzyudo federatsiyasi bazasida oʻtgan uchrashuvda Vazir Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, federatsiya mutasaddilari ham ishtirok etishdi.

Adham Ilhamovich boʻlajak musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan har bir sportchi bilan alohida suhbatlashib, ularning tayyorgarligi, holati haqida gaplashdi. Oʻz navbatida, Oybek Kasimov Parij-2024 Olimpiadasiga eng yirik ochko beruvchi start oldidan barcha dzyudochilarimizga omad tilab oʻtdi.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan uchrashuvda vazir terma jamoa aʼzolari bilan yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish mashqi boʻyicha bellashib koʻrdi. Oʻz navbatida, atletlarimiz dunyo birinchiligiga tayyorgarlik yuqori saviyada boʻlgani, barchalari yurtimiz sharafini munosib himoya qilish uchun shay ekanliklarini bildirishdi. Terma jamoa ertaga Abu-Dabiga yoʻl oladi.

Text to speech