15 May 2024 1127

Jahon chempionatida kurashadigan dzyudochilarimiz tarkibi bilan tanishing

19-24 may kunlari BAAning Abu-Dabi shahri dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Sayyoramizning 110 mamlakatidan 700 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilayotgan mazkur startda O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda katnashadi. Qayd etish joiz, bu yilgi dunyo birinchiligi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari sikldagi eng yirik ochkolarni taqdim etadigan musobaqa hisoblanadi. Mamlakat dzyudo federatsiyasi jahon chempionati uchun quyidagi sportchilarni tanladi:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Alisher Yusupov

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova

Text to speech