FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 May 2024 3796

Parij-2024 litsenziatlari: Xorazmlik erkin kurashchimiz Gʻulomjon Abdullayev

Mahoratli erkin kurashchimiz Gʻulomjon Abdullayev uchun Parij-2024 ikkinchi Olimpiada hisoblanadi. Hamyurtimiz 2018-yil Fransiyada oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida sovrindor boʻlgan edi. Oʻylaymizki, ushbu mamlakat bu safar ham kurashchimiz uchun omadli keladi.

Abdullayev Gʻulomjon Ozodovich 1998-yil 11-noyabr kuni Xorazm viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi – Baxtiyor Sobirov. Sportchimiz 2016-yil yoshlar, 2018-yildan milliy terma jamoaga qoʻshilgan. 2016-yil 18 yoshida U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, bronza medaliga sazovor boʻlgan. Yoshlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni. Hamyurtimiz Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida ham oltin medalga sazovor boʻlgan. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Abdullayev joriy yilning aprel oyida Qirgʻizistonda oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -57 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

<iframe width="100%" height="425" src="https://www.youtube.com/embed/aTBB8n3nibM" title="Parij-2024 litsenziatlari: Xorazmlik erkin kurashchimiz Gʻulomjon Abdullayev" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech