FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 May 2024 2383

Parij-2024 Olimpiadasida qatnashadigan bokschilarimiz Xabarovsk turnirida jang qilishadi

Bugun Qozogʻistonning Astana shahrida “Elorda kubogi”, ertaga esa Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov xotira turniri” start oladi. Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi asosiy tarkib vakillarini Xabarovsk turniriga jalb qildi. Xususan, unda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashadigan yigitlarimiz toʻliq tarkibda ishtirok etishadi.

18-mayga qadar davom etadigan musobaqada Rossiya, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Belarus, Serbiya, Ozarbayjon va Moʻgʻulistondan tashrif buyurgan 150 nafar charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun jang qilishadi. Toʻliq tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-48 kg: Avazjon Yoʻldoshev
-54 kg: Hasanboy Doʻsmatov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-67 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
-71 kg: Iqboljon Xoldorov
-80 kg: Toʻrabek Habibullayev
-86 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:
-50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg: Aziza Yoqubova
-66 kg: Dilfuza Bekova
-75 kg: Aziza Dayirbekova

Text to speech