12 May 2024 463

Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Vyetnamga yo‘l olishdi

16-18-may kunlari Vetnamda taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda musobaqa o‘tkaziladigan Danang shahriga jo’nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz 2022-yil tashkil etilgan so‘nggi qit’a birinchiligida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan edi. Hamyurtlarimizga bu yil ham ana shunday muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilab qolamiz. Jamoa Vetnamga quyidagi tarkib bilan yo‘l oldi:

Erkaklar:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-63 kg: Amirbek To‘rayev
-68 kg: Diyorbek To‘xliboyev
-74 kg: Najmiddin Qosimxojiyev
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
+87 kg: Marat Mavlonov

Ayollar:
-46 kg: Zebiniso Hoshimjonova
-49 kg: Zarnigor Husniddinova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-73 kg: Gulsanam Alijonova
+73 kg: Iroda Mirtojiyeva
+73 kg: Svetlana Osipova

Text to speech