Yengil atletikachilarimiz Markaziy Osiyo ochiq chempionatini 11 ta oltin medal bilan boshlashdi
Toshkentda yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Ukraina va Ozarbayjondan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq atlet g‘oliblik uchun bahs olib boryapti.
Musobaqaning ilk kuni doirasida bir qator yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Kutilganidek, unda Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, Suhrob Xodjayev bosqon uloqtirish, Malika Nasriddinova yadro uloqtirish kabi yo‘nalishlarda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Umuman olganda, kun davomida atletlarimiz 11 ta oltin, 15 ta kumush va 11 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. Batafsil:
Oltin medal:
Andrey Petrov (10 000 metr)
Yuliana Shukina (disk uloqtirish)
Suhrob Xodjayev (bosqon uloqtirish)
Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash)
Ulug‘bek Egamberdiyev (nayza uloqtirish)
Sabohat Salimjonova (1500 metr)
Dilshoda Usmonova (3000 metr, stipl-chez)
Amir Nagayev (balandlikka sakrash)
Lidiya Podsepkina (100 metr, to‘siqlar osha)
Ergash Normurodov (110 metr, to‘siqlar osha)
Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Kumush medal:
Yevgeniy Fadeyev (10 000 metr)
Asadbek Murodov (nayza uloqtirish)
Viktor Surenko (1500 metr)
Darya Antropova (1500 metr)
Otabek Toshquvvatov (3000 metr, stipl-chez)
Doston Rajabov (yadro uloqtirish)
Arofat Imomaliyeva (3000 metr, stipl-chez)
Vadim Chikalov (uzunlikka sakrash)
Rashidbek Sodiqov (disk uloqtirish)
Jonbibi Hukmova (400 metr)
Nurxon Ochilova (100 metr, to‘siqlar osha)
Mardonbek Sotiboldiyev (110 metr, to‘siqlar osha)
Madina Nasriddinova (yadro uloqtirish)
Sunnatilla Ismoilov (100 metr)
Laylo Allaberganova (100 metr)
Bronza medal:
Azizjon Sobirov (uzunlikka sakrash)
Hasan Mirsoatov (1500 metr)
Muhammadqodir Soatov (3000 metr, stipl-chez)
Rashidbek Sodiqov (yadro uloqtirish)
Sadafbonu Nusratulloyeva (3000 metr, stipl-chez)
Amal Xodjayev (uzunlikka sakrash)
Azizbek Nurilloyev (disk uloqtirish)
Dilshodbek Boboqulov (400 metr)
Yuliana Shukina (yadro uloqtirish)
Sanjar Ashurov (100 metr)
Yekaterina Tunguskova (5000 metr)