FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 May 2024 2048

Bugun erkin kurash ustalari ham bahslarga kirishadi

Bugun Turkiyada sport kurashlari boʻyicha jahon litsenzion musobaqasining uchinchi kun bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Ushbu kun dasturida erkin kurash ustalari dastlabki bosqichdan bahslarga kirishishsa, ayollar kurashida soʻnggi yoʻllanmalar oʻynaladi. Erkin kurashchilarimizdan bugun uch nafar polvonimiz gilamga chiqib, musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-65 kg: Umidjon Jalolov – Sujit Kalkal (Hindiston)
-97 kg: Magomed Ibragimov – Adlan Visxanov (Fransiya)
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Paris Karepi (Albaniya)

Kechagi bahslarda Shohida Ahmedova (-53 kg) hamda Laylo Sobirovani (-57 kg) magʻlubiyatga uchratgan raqiblari finalgacha yetib bordi. Shu bois endi hamyurtlarimiz dastlab bronza medali uchun, soʻng uchinchi oʻrin egalari oʻrtasida hal etiladigan yagona litsenziya uchun kurash olib borishadi.

Text to speech