13 Iyun 2021 2168

Xushxabar! Og‘ir atletikachilarimiz Tokio-2020 Olimpiadasiga to‘liq tarkibda yo‘llanma olishdi

Maʼlumki, poytaxtimizda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng og‘ir atletika bo‘yicha Tokio-2020 reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangan. Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) reyting orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar nomini eʼlon qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga 2+2 ko‘rinishida 4 ta yo‘llanma berilgan edi. Quvonarlisi, jamoamiz berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalana oldi. IWF reytingi orqali yigitlarimizdan Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo‘rayev (-109 kg), qizlarimizdan Muattar Nabiyeva (-55 kg) va Kumushxon Fayzullayeva (-76 kg) Tokio-2020 yo‘llanmalariga sazovor bo‘lishdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasini, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilarimizni muborakbod etib, ularga Tokio-2020 da muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilab qoladi.

Reyting orqali yo‘llanma olgan barcha atletlar bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting: Tokyo-2020_Absolute-Ranking-Lists

Text to speech