13 Iyun 2021 2432

Ikki nafar atletimiz uch hatlab sakrashda Tokio-2020 normativini bajarishdi

Qirg‘izistonda Olimpiya o‘yinlari chempioni Tatyana Kolpakova sovrini uchun o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqaning navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Biroz avval uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan ikki hamyurtimiz Tokio-2020 normativlarini bajarishdi.

Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘lgan hamyurtimiz Ruslan Kurbanov urinishlarining birida 17.17 metr natija qayd etdi. Bu Olimpiada normatividan 3 sm yuqori ko‘rsatkichdir. Shuningdek, qizlarimizdan Roksana Xudoyorova normativdan 4 sm yuqori natija 14.36 metrga sakrashni uddaladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha mazkur musobaqaning uzunlikka sakrash dasturida Darya Raznichenko ham Tokio-2020 normativini bajarishga muvaffaq bo‘lgan edi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi atletlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaydi.

Text to speech