FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 May 2024 3329

Parij-2024 litsenziatlari: Oʻz yosh toifasida qitʼamizda tengsiz Sabina Boboqulova

Bokschi qizlarimiz hozircha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga ikkita yoʻllanma qoʻlga kiritishgan. Bugun -50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan Sabina Boboqulova haqida maʼlumot beramiz.

Boboqulova Sabina Komiljon qizi 2003-yil 29-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tavallud topgan. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Ulugʻbek Baratov. Sabina BAAning Dubay shahrida 2019-yil oʻsmirlar, 2021-yil yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2022-yil Toshkent, 2023-yil Bangkok shaharlari mezbonlik qilgan U22 yosh toifasidagi qitʼa birinchiliklarida ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy olgan.

Boboqulova joriy yilning 3-11-mart kunlari Italiyada oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -50 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.

<iframe width="100%" height="715" src="https://www.youtube.com/embed/Z7mpAtPj1QM" title="Parij-2024 litsenziatlari: Oʻz yosh toifasida qitʼamizda tengsiz Sabina Boboqulova" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech