7 May 2024 810

Qozog‘istondagi Osiyo chempionatini yosh bokschilarimiz yuqori notada yakunlashdi

Astana shahrida boks bo‘yicha U18 va U22 Osiyo chempionatlari o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun musobaqada U22 yosh toifasidagi bahslarda barcha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari unda 4 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza, jami 20 ta medal jamg‘arishga erishdi. Ushbu natija bilan hamyurtlarimiz mazkur yosh toifasida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:
-63.5 kg: Abdulloh Madaminov
+92 kg: Jahongir Zokirov
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova

Kumush medal:
-51 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-86 kg: Samandar Jalolov
-66 kg: Aysanem Saruarova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Diyoraxon Abdumannopova

Bronza medal:
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev
-60 kg: Sayat Ilyasov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
-92 kg: Diyorbek Uralov
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva
-70 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi har ikki yosh toifasida shohsupaga ko‘tarilgan barcha bokschilarimiz va ularning murabbiylarni qutlab, sportchilarimizning kelgusi faoliyatida omad tilab qoladi.

Text to speech