FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 May 2024 2590

Parij-2024 litsenziatlari: Jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov

Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi jahon miqyosida eng birinchi boʻlib boʻlajak Olimpiadaga toʻliq tarkibda yoʻllanma olgan jamoa boʻldi. Bugun Sizlarga Parijda yurtimiz sharafini himoya qiladigan yetti bahodirning soʻnggisi – Lazizbek Mullojonovni tanishtiramiz.

Mullojonov Lazizbek Hasanjon oʻgʻli 1999-yil 13-may kuni Fargʻona viloyatining shu nomli tumanida tugʻilgan. Dastlab boks sirlarini Sherzod Husanovdan oʻrgangan Mullojonov hozirda Alisher Toʻychiyev qoʻl ostida shugʻullanyapti. 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2021-yil Rossiyada oʻtgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi. 2022-yil Iordaniya mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida eng ogʻir vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2023-yil Toshkentda tashkil etilgan dunyo birinchiligida esa -92 kg vazn toifasida bronza medali sohibiga aylangan. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

Mullojonov joriy yilning 3-11-mart kunlari Italiyada oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -92 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.

<iframe width="100%" height="425" src="https://www.youtube.com/embed/Km2SH4nUZ_k" title="Parij-2024 litsenziatlari: Jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech