6 May 2024 554

Yosh bokschilarimiz qitʼa chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishdi

Qozogʻistonda boks boʻyicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza, jami 22 ta medalga sazovor boʻldi. Ushbu natija bilan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida mezbonlardan soʻng ikkinchi oʻrinni egallashdi. Shohsupaga koʻtarilgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:

 Oltin medal:
-54 kg: Sobirjon Tastanov
-57 kg: Nodirbek Allaberganov
-86 kg: Akmaljon Isroilov
-92 kg: Halimjon Maʼmasoliyev
-48 kg: Jasmin Tohirova
-63 kg: Odinaxon Ismoilova
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova

 Kumush medal:
-57 kg: Feruza Sharipova
-67 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
-92 kg: Shahzod Polvonov

 Bronza medal:
-60 kg: Mironshoh Norqosimov
-63,5 kg: Abdulloh Tohirov
-71 kg: Samandar Habibullayev
-80 kg: Javohir Mehriddinov
-50 kg: Hilolaxon Mashrabova
-52 kg: Zilolaxon Yusufova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-60 kg: Rahima Bekniyazova
-66 kg: Ruxshona Shakarova
-70 kg: Oysha Toirova
-75 kg: Sanobar Bozorboyeva
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova

Text to speech