Navbat jamoaviy bellashuvlarga
Vengriyada o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida yakkalik bellashuvlari yakunlandi. Bugun musobaqada aralash jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Qur’aga ko‘ra, hamyurtlarimiz 1/8 final bahsini mezbonlarga o‘tkazishadi. Bahsni ayollar o‘rtasida +70 kg vazn toifasi vakillari boshlab berishadi. Terma jamoalar quyidagi dzyudochilarni ro‘yxatdan o‘tkazishdi:
+70 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Mersedes Sigetvari
+90 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Richard Siposh
-57 kg: Shukurjon Aminova – Andrea Karman
-73 kg: Obidxon No‘monov – Frigses Sabo
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sabina Gersak
-90 kg: Shermuhammad Jandreyev – Peter Safrani
Hamyurtlarimiz mezbonlarni mag‘lub etishsa, chorak finalda Braziliya – Qozog‘iston juftligi g‘olibiga qarshi tatamiga chiqishadi.