6 May 2024 430

Chavandozlarimiz jamoaviy yo‘nalishda yana tengsiz bo‘lishdi

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha yana bir turnir ortda qoldi. Unda sportchilar “Maxima Masters Eurasia Team Competition” dasturida gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Ushbu jamoaviy yoʻnalishda oʻzbekistonlik chavandozlar yana bir bor mahorat koʻrsatib, eng yuqori natija koʻrsatishga muvaffaq boʻlishdi va oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Bellashuvlarda Alisher Erkinov, Umid Kamilov, Aʼzam Tolibboyev va Xurshidbek Alimjonov yurtimiz sharafini himoya qildilar. Ikkinchi oʻrin Qozogʻiston jamoasiga nasib etgan boʻlsa, qirgʻizistonlik sportchilar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.

Eslatib oʻtamiz, ot yoʻrttirish boʻyicha oʻtgan jamoaviy dasturda ham yurtdoshlarimiz birinchi oʻrinni egallashgan edi. Shuning bilan Toshkent ikki hafta davomida mezbonlik qilgan xalqaro musobaqalar oʻz yakuniga yetdi.

Text to speech