13 Iyun 2021 1916

Tokio-2020 litsenziatlari Polshada muvaffaqiyat qozonishdi

Polshada davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha xalqaro musobaqada yunon-rum kurashchilarimiz ham muvaffaqiyatli ishtiroklarini boshlashdi. “Klassik” kurashchilarimiz o‘z chiqishlarining ilk kunida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Ahamiyatlisi, shohsupaga ko‘tarilgan vakillarimizning barchasi Tokio-2020 litsenziatlari. -82 kg vazn toifasida kurashgan Jalgasbay Berdimuratov barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibiga aylandi. Shuningdek, -130 kg vaznda Mo‘minjon Abdullayev va -67 kg toifasida kurashgan Elmurat Tasmuradov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.

Bugun musobaqaning so‘nggi kun doirasida yana bir qator vazn toifalarida yunon-rum kurashi ustalari bahs olib borishadi.

Text to speech