3 May 2024 448

Dushanbeda “Katta dubulg’a” turniri start oldi

Bugun Tojikiston poytaxtida dzyudo boʻyicha navbatdagi «Katta dubulgʻa» turniri start oladi. Dunyoning 65 mamlakatidan 400 nafarga yaqin sportchi qatnashadigan joriy turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Anʼanaga muvofiq, bugun yengil vazn toifasidagi bellashuvlar oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining quyidagi aʼzolari medallar uchun kurash olib boradi:

-60 kg: Anvarjon Ibrohimov – Iznaur Sayev (Neytral sportchi)
-66 kg: Bobur Vadjiyev – Yelaman Sultanbay (Qozogʻiston)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev – Jey Shimizu (AQSH)
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Nasiba Karlikova (Tojikiston) / Sofiya Asvesta (Kipr)
-52 kg: Gulhayo Joʻrayeva – Madina Qurbonzoda (Tojikiston)
-57 kg: Shukurjon Aminova – Enxrilen Lxagvatogo (Moʻgʻuliston)

Text to speech