12 Iyun 2021 1872

“Olimpik” turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Bugun futbol bo‘yicha Pro-liga bahslarining 11-tur uchrashuvlariga start berildi. Ularning birida “Olimpik” “Oq-tepa” bilan bahs olib bordi.

Timur Kapadze boshchiligidagi jamoamiz uchrashuvni to‘liq o‘z nazoratida ushlab turdi va yakunda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Abdurauf Bo‘riyev va Otabek Jo‘raqo‘ziyev mualliflik qilishdi.

Pro-liga, 11-tur
“Oq-tepa” – “Olimpik” 0:2
Gollar: Abdurauf Bo‘riyev, 15 (0:1), Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 72 (0:2)

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Olimpik”ning ochkolari soni 20 taga yetdi. Xuddi shuncha ochko to‘plab turgan “Buxoro” o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik hisobiga peshqadamlik qilmoqda.

Text to speech