12 Iyun 2021 2215

Yana bir yengil atletikachimiz Tokio-2020 normativini bajardi

Ayni kunlarda Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Olimpiada chempioni Tatyana Kolpakova sovrini uchun xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, mazkur turnirda hamyurtimiz Darya Reznichenko Tokio-2020 normativini bajardi.

Uzunlikka sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan atletimiz 6.83 metr natija qayd etdi. Bu Tokio-2020 normatividan 1 smga yuqori ko‘rsatkich demakdir. Qayd etish joiz, bu natija ochiq havodagi O‘zbekiston rekordidan 2 sm, yopiq inshootlardagidan 1 smga yuqori hisoblanadi.

Bu yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining Tokio-2020 normativini bajargan to‘rtinchi natijasidir. Bungacha balandlikka sakrash bahslarida Svetlana Radzivil hamda Safina Sadullayeva, bosqon uloqtirishda Suhrob Xo‘jayev ham Olimpiada normativlarini bajarishgan edi.

Text to speech