FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Aprel 2024 3052

Biatlonni rivojlantirishda Belarus bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Belarus biatlon federatsiyasi prezidenti Andrian Sibulskiy mehmon boʻldi. Uni Sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib olishdi hamda shu yerning oʻzida tomonlar oʻrtasida hamkorlik mavzusiga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.

Suhbatda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, Mudofaa vazirligi Sport markazi mutasaddilari ham ishtirok etishdi. Dastavval Oybek Omilovich yurtimiz sportida olib borilayotgan islohotlar, kecha futbolchilarimizning gʻalabasi bilan Oʻzbekiston ilk bor jamoaviy sport turlarida yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritganini mamnuniyat bilan maʼlum qildi. Oʻz navbatida, Shahrullo Sharipovich endi qishki Olimpiya oʻyinlarida ham delegatsiyamiz kattaroq tarkib bilan ishtirok etishni rejalashtirayotgani, bunda Belarus kabi sohada istiqbolga erishgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Andrian Sibulskiy biatlon sportini rivojlantirish, ommaviy sport orqali iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish, professional sportda ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritish borasida Belarus tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Soʻz oʻrnida mehmon biatlonning yozgi turi boʻyicha oʻtadigan ochiq turnirlarda ishtirok etish uchun oʻzbekistonlik sportchilarni Belarusga taklif qildi. Shuningdek, tomonlar yosh sportchilar ishtirokida hamkorlikda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish, oʻzaro tajriba almashish borasida ham fikr almashishdi.

Maʼlumot uchun, biatlon boʻyicha Belarus terma jamoasi qishki Olimpiya oʻyinlari tarixida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medal qoʻlga kiritgan.

Text to speech