FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Aprel 2024 2229

Bahodir Maxsitov boshchiligidagi faxriylar samarqandlik yosh sportchilar bilan uchrashdi



Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi tashabbusi bilan yoshlarni vatarparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida turli uchrashuvlar tashkil etib kelinadi. Ulardan biri Kengash raisi Bahodir Maxsitov boshchiligida Samarqand viloyatida oʻtkazildi.

Safar davomida B.Maxsitovga viloyat sport faxriylari kengashi raisi Hamroqul Rafiyev hamrohlik qildi. Nuroniylar viloyatdagi yakkakurash turlariga ixtisoslashgan sport maktabida boʻlib, u yerda tahsil olayotgan yoshlar va ularning murabbiylari bilan dildan suhbatlashishdi.

Uchrashuv chogʻida sportimiz fidoyilari hozirda davlatimiz tomonidan yosh avlod uchun cheksiz imkoniyatlar eshigi ochilgani, ulardan unumli foydalanishlari lozimligini bildirishdi. B.Maxsitov terma jamoamiz aʼzolarinnig, xususan, samarqandlik atletlarning Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga qanday sharoitlarda tayyorgarlik koʻrishayotgani haqida gapirib, yoshlarni ularga oʻxshagan yetuk sportchi boʻlib yetishishlarini tiladi.

Text to speech