OOK delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi sermahsul oʻtdi
Xabar berganimizdek, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo va Para Osiyo oʻyinlariga olib borilayotgan tayyorgarlikni koʻzdan kechirish maqsadida poytaxtimizga Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) delegatsiyasi tashrif buyurgan edi. Mehmonlar dasturga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya hamda Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati, Ishchi guruh vakillari bilan uchrashib, qator masalalarni muhokama qilishdi. Olimpiya shaharchasida qad rostlayotgan obyektlarni, bevosita qurilish jarayonini oʻz koʻzlari bilan koʻrishdi.
Tashrif yakunida delegatlar Oʻyinlar oʻtkaziladigan bir qator obyektlar bilan bevosita tanishishdi. Jumladan, “Bunyodkor” stadioni, “Yunusobod sport majmuasi” arenasi, UzExpo markazi eʼtibor markazida boʻldi.
Oʻrganish ishlari nihoyasiga yetgach mehmonlarni Sport vaziri Adham Ikramov yana bir bor qabul qildi. Uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham qatnashdi. Unda mehmonlar Oʻyinlar davomida ish jarayonini tashkil etish borasida kichik taqdimot oʻtkazishdi. Muloqot chogʻida yangi rejalar va keyingi qadamlar belgilab olindi.