12 Iyun 2021 2400

Saida Mahmudovni tabriklaymiz!

Bugun O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Saida Mahmudova 1984-yil 12-iyunda tug'ilgan. Stol tennisi bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, O'zbekiston chempioni, ko'plab xalqaro turnirlar g'olibi. Osiyo o'yinlari va qit'a birinchiligi, jahon chempionatlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Ayni paytda O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi. Barkamol avlodni Vatanga va xalqimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga qo'shgan salmoqli hissasi uchun "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Saida Mahmudovni tug'ilgan kuni bilan tabriklaydi, mustahkam sog'lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Text to speech