12 Iyun 2021 3411

O‘zbekiston Qahramoni Quvondiq Sanoqulov 64 yoshda!

Bugun nafaqat mamlakatimiz iqtisodiyoti, balki sport sohasida ham rivojlanishida ulkan hissa qo‘shib kelayotgan davlat va jamoat arbobi Quvondiq Sanoqulov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Quvondiq Sanoqulovich Sanoqulov 1957-yil 12-iyun kuni tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini tugatgan yosh metallurg keyinchalik texnika fanlar doktori, O‘zbekiston Qahramoni darajasiga ko‘tarildi. Quvondiq Sanoqulovich Olmaliq va Navoiydagi kon-metallurgiya kombinatlarida rahbar, tuman hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. Hozirda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning bosh direktori, Oliy Majlis Senatori, O‘zbekiston suzish federatsiyasi raisi sifatida ishlamoqda. Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida qo‘shgan hissalari uchun “Do‘stlik” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari, O‘zbekiston Qahramoni faxriy unvoni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Quvondiq Sanoqulovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech