26 Aprel 2024 2479

Adham Ikramov OOK delegatsiyasini qabul qildi

Maʼlum qilganimizdek, poytaxtimizda bo‘lib turgan Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) delegatsiyasi bugun Sport vaziri Adham Ikramov qabulida bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov va Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Ergashev ham qatnashdi. Unda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo va Para Osiyo o‘yinlariga raqamli texnologiyalar yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Vazir, dastavval, bunday masʼuliyatli musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishni shaxsan Prezidentimiz o‘z nazoratiga olgani, qurilish ishlari Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan yo‘lga qo‘yilgani haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, davlatimiz tomonidan O‘yinlarni o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini bildirdi.

O‘z o‘rnida, delegatsiya vakillari Adham Ilhamovichni faoliyatlari bilan yaqindan tanishtirishdi. So‘ng 2 kunlik o‘rganish ishlari yuzasidan chiqargan xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar. OOKning rasmiy hamkori hisoblangan “Bornan Sports Technology” kompaniyasi bu boradagi imkoniyatlarimizni yuqori baholab, bo‘lajak o‘yinlarni hamkorlikda yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikning kelgusi qadamlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi.

Text to speech