12 Iyun 2021 1992

Bizning taekvondistlarimiz Livanga jo'nab ketishdi

Avval xabar berganimizdek, yaqin vaqt ichida taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2 ta yirik turnirda ishtirok etadi. Bugun delegatsiyamiz Beyrutga jo'nab ketdi.

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati finaliga yo'l oldi. Ushbu musobaqada 15 nafar vakillarimiz qit'a birinchiligi uchun dayanga chiqadilar. Shundan so'ng ularga yana ikkita taekvondist — Shahzod Sayfiyev va Sardor Toirov qo'shiladi va "Beirut Open" musobaqasida ishtirok etadi.

Qit'a birinchiligida ishtirok etadigan O'zbekiston taekvondistlarining nomlari:

Niyaz Pulatov
Jasur Jaysunov
Shahboz Tusmatov
Nikita Rafalovich
Shuhrat Salayev
Shohrux Rajabov
Shohsanam A'zamova
Dinora Muxtorova
Madinabonu Mannopova
Charos Qayumova
Madina Kurvonaliyeva
Ozod Sobirjonova
Feruza Sadikova
Sitora Ergasheva
Gulsanam Alijonova

O'zbekiston terma jamoasiga kelgusi startlarda omad tilaymiz.

Text to speech