FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Aprel 2024 2138

Toshkentda konkur bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi

Toshkentda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasining navbatdagi bosqichi boshlandi. Jahon kubogiga saralash vazifasini oʻtab beradigan mazkur turnirga 11 mamlakatdan ishtirokchilar tashrif buyurgan.

Musobaqaning birinchi kunida chavandozlar balandligi 120 va 140 smni tashkil etuvchi toʻsiqlardan sakrash boʻyicha 4 yoʻnalishda kuch sinashishdi. Yakunda qirgʻizistonlik Andrey Tryapitsin (“Florizel” laqabli tulporda), qozogʻistonlik Shingiz Malikajdar (“Yu-Kor De Lya Vil”), qirgʻizistonlik Kamil Sabitov (“Dartanyan”) va belaruslik Sergey Antanovich (“Kausar”) birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Hamyurtlarimiz orasida Xurshidbek Alimjonov (“Leyman”), Alisher Erkinov (“Prins Kornet”), Oqil Sobirjonov (“Los Anjeles”), Aʼzam Tolibboyev (“Bozart Du Ruet 5”) sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Musobaqa 5-mayga qadar davom etadi.

Text to speech