25 Aprel 2024 169

Velosportchilarimiz “Tour of the Gila Women” poygasida qatnashishmoqda

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasining asosini tashkil etuvchi “Tashkent City Women Professional Cycling Team” klubi AQShda start olgan “Tour of the Gila Women” xalqaro musobaqasidagi ishtirokini boshladi. Unda Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Madina Qahhorova, Margarita Misyurina hamda Nafosat Koziyeva yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Ko‘p kunlik poyganing birinchi bosqichida sportchilar Silver Siti hamda Mogollon shaharlari oralig‘idagi 114.4 km masofani bosib o‘tishdi. Qiziqarli kechgan bahslarda Zabelinskaya 9, Kuskova 11-bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Qolgan hamyurtlarimiz esa yetakchilarga katta farq bilan imkoniyatni boy bergan. Bugun ishtirokchilar Fort Boyard mavzesi atrofidagi 119.3 kmni bosib o‘tadilar.

Text to speech