24 Aprel 2024 762

Yosh bokschilarimiz chempionlikni himoya qilish uchun shay

25-aprel – 8-may kunlari Qozogʻistonning Astana shahrida boks boʻyicha U22 va U18 yosh toifalarida Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi. Bugun MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov har ikki chempionatda qatnashadigan yoshlar bilan uchrashib, ularga omad tiladi. Hamyurtlarimiz ertaga Qozogʻiston poytaxtiga quyidagi tarkibda yoʻl olishadi:

U22, erkaklar:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Xoʻjanazar Nortojiyev
-57 kg: Ayubxon Baxtiyorov
-60 kg: Sayat Ilyasov
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev
-71 kg: Murodbek Bahriddinov
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
-86 kg: Samandar Jalolov
-92 kg: Diyorbek Oʻrolov
+92 kg: Jahongir Zokirov

U22, ayollar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Gulsevar Gʻaniyeva
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina Oʻktamova
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva
-66 kg: Aysanem Saruarova
-70 kg: Hadichabonu Abdullayeva
-75 kg: Aziza Zokirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova

U18, yigitlar:
-48 kg: Sayfiddin Sobirov
-51 kg: Shakarboy Joʻrayev
-54 kg: Sobirjon Tastanov
-57 kg: Nodirbek Allaberganov
-60 kg: Mironshoh Norqosimov
-63,5 kg: Abdulloh Tohirov
-67 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
-71 kg: Samandar Habibullayev
-75 kg: Jafarbek Shahbozov
-80 kg: Javohir Mehriddinov
-86 kg: Akmaljon Isroilov
-92 kg: Halimjon Mamasoliyev
+92 kg: Shahzod Polvonov

U18, qizlar:
-48 kg: Jasmin Tohirova
-50 kg: Hilolaxon Mashrabova
-52 kg: Zilolaxon Yusufova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-57 kg: Feruza Sharipova
-60 kg: Rahima Bekniyazova
-63 kg: Odinaxon Ismoilova
-66 kg: Ruxshona Shakarova
-70 kg: Oysha Toirova
-75 kg: Sanobar Bozorboyeva
-81 kg: Ruxshona Parpiyeva
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U22 yoshlar terma jamoasi ushbu yosh toifasidagi dastlabki ikki Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Hamyurtlarimizga bu yilgi bahslarda ham ushbu anʼanani saqlab qolishlarini tilab qolamiz.

Text to speech