23 Aprel 2024 293

Parij-2024 litsenziatlari: Oʻsmirlar Olimpiadasi chempioni Abdumalik Xalokov

4-yillikning eng nufuzli musobaqasiga yoʻl olgan yana bir litsenziatimiz hamida maʼlumot beramiz. Tanishing, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalokov.

Xalakov Abdumalik Anvar oʻgʻli 2000-yil 9-aprel kuni Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2018-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Davron Gafurov. Buenos-Ayres-2018 oʻsmirlar yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni. Bokschimiz yoshlar oʻrtasida jahon va Osiyo chempionatida ham gʻalaba qozongan. 2021-yil Serbiya poytaxtida oʻtgan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor boʻlgan. 2021-yil Dubayda oʻtgan qitʼa birinchiligida bronza, 2022-yil Amman shahrida tashkil etilgan Osiyo chempionatida esa oltin medalga ega chiqqan. 2023-yil Toshkent mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida -57 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2023-yil mamlakatimizda yilning eng yaxshi erkak sportchisi deb topilgan. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida -57 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, Parij-2024 litsenziatlari safidan joy oldi.

Text to speech