FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 Aprel 2024 2228

Ajoyib! Sport gimnastikasida yana bir Parij-2024 litsenziyasi naqd qilindi

Xalqaro gimnastika federatsiyasi sport gimnastikasi boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan atletlar jadvalini yangiladi. Quvonarlisi, unga asosan delegatsiyamiz hisobiga yana bir litsenziya qoʻshildi.

2023-yil Belgiyaning Antverpen shahrida oʻtgan jahon chempionatining koʻpkurash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Habibullo Ergashev ham boʻlajak Olimpiada ishtirokchilari qatoriga qoʻshildi. Saralash musobaqalari yakunida fransiyalik atlet ham kvalifikatsiyadan oʻtdi. Shu bois, mezbonlar uchun ajratilgan kvota jahon chempionati orqali yoʻllanma ololmagan sportchilar orasida eng yaxshi natija koʻrsatib turgan Habibullo Ergashevga nasib etdi.

Shu tariqa, yigitlarimiz sport gimnastikasi boʻyicha ilk bor Olimpiya oʻyinlariga ikkita yoʻllanmani qoʻlga kiritishmoqda.

Text to speech