22 Aprel 2024 1331

Parij-2024 litsenziatlari: Ikki karra chempionlikni maqsad qilgan Bahodir Jalolov

Boʻlajak yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan hamyurtlarimiz orasida nafaqat oʻzbek muxlislari, balki jahon hamjamiyati eʼtiborida boʻladigan sportchilar bor. Ulardan biri boks boʻyicha jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov.

Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli 1994-yil 8-iyul kuni Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 2013-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida. Murabbiyi Toʻlqin Qilichev. 2017, 2019 va 2021-yillar Osiyo chempionligiga erishgan. 2019-yil Yekaterinburg va 2023-yil poytaxtimizda oʻtgan jahon chempionatlarida eng ogʻir vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Professional boksda shu paytgacha 14 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Tokio-2020 Olimpiadasida +92 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgan. Ushbu muvaffaqiyatlari evaziga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi" hamda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida +92 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, Parij-2024 litsenziatlari safidan joy oldi.

Text to speech