12 Iyun 2021 2454

Hamyurtlarimiz professional boks kechasida o‘z g‘alabalarini tantana qilishdi

Poytaxtimizda yana bir professional boks kechasi tashkil etildi. Markaziy jangda Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi ringga ko‘tarilib, birinchi raundning o‘zida raqibini nokautga uchratdi va navbatdagi g‘alabasini tantana qildi. Shuningdek, ushbu kechada Ulug‘bek Haqberdiyev, Jamshidbek Najmiddinov, Botirjon Zokirov va Asrorbek Rahimov reyting janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.

Shohjahon Ergashev – Salimu Jengo (Tanzaniya) (63,5 kg)
Sergey Vorobev (Rossiya ) – Aleksandr Juravskiy (Qozog‘iston) (69,8 kg)
Ulug‘bek Haqberdiyev – Dmitriy Atroxov (Belarus) (72,5 kg)
Jamshidbek Najmiddinov – Merab Turkadze (Gruziya) (66,6 kg)
Botirjon Zokirov – Aleksandr Saltikov (Rossiya) (61,2 kg)
Asrorbek Rahimov – Ismoiljon Xoliqov (63,5 kg)

Jang yakunida MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov Shohjahon Ergashevni qo‘lga kiritilgan galdagi g‘alaba bilan tabriklab, uning kelgusi faoliyatida omad tilab o‘tdi.

Text to speech