11 Iyun 2021 1958

Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi taekvondochilarimiz nomi ma’lum

16-18-iyun kunlari Livan poytaxti Bayrut shahrida taekvondo bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoamiz vakillari ham qit’a chempionligi uchun bahs olib borishadi.

Jamoamiz murabbiylar shtabi musobaqada ishtirok etuvchi 15 nafar sportchini tanlab oldi. Unga ko‘ra, quyidagi taekvondochilar Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilishadi:

Niyaz Po‘latov
Jasur Jaysunov
Shahboz Tusmatov
Nikita Rafalovich
Shuhrat Salayev
Shohruh Rajabov
Shoxsanam A’zamova
Dinora Muxtorova
Madinabonu Mannopova
Charos Qayumova
Madina Qurvonaliyeva
Ozoda Sobirjonova
Feruza Sadiqova
Sitora Ergasheva
Gulsanam Alijonova

Osiyo chempionati yakunlangach 20 iyun kuni Beirut Open musobaqasi ham bo‘lib o‘tadi. Unda 17 nafar sportchimiz qatnashadi. Ushbu turnirda Osiyo chempionatidagi tarkibga Shahzod Sayfiyev va Sardor Toirov qo‘shilishadi.

Text to speech