FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Aprel 2024 4377

Parij-2024 litsenziatlari: Boks boʻyicha jahon chempioni boʻlgan birinchi oʻzbek qizi Nigina Oʻktamova

Boʻlajak Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan atletlarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bugungi qahramonimiz boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nigina Oʻktamova.

Oʻktamova Nigina Jasur qizi 2003-yil Samarqand viloyatida dunyoga kelgan. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan. Murabbiyi Azim Xudoyqulov. N.Oʻktamova oʻzbek bokschi qizlari orasida birinchi boʻlib jahon chempionligini qoʻlga kiritgan sportchi hisoblanadi. Yurtdoshimiz 2021-yil Polshada oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi dunyo birinchiligida oltin medalga sazovor boʻlgan. 2021-yil U20, 2023-yil U23 yosh toifalarida Osiyo chempionatlarida chempionligiga erishgan. 2021-yil “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” deya eʼtirof etilgan. Xalqaro maydonda koʻrsatgan natijalari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida -54 kg vazn toifasida qoʻlga kiritgan bronza medali Oʻktamovaga Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining eshiklarini ochdi.

Text to speech