FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Aprel 2024 2456

Parij-2024 litsenziatlari: Samarqand oʻgʻloni Islomjon Bahromov

Aziz obunachilarimizga Parij-2024 litsenziatlari haqida maʼlumot berishda davom etamiz. Loyihamizning bugungi qahramoni yunon-rum kurashi ustasi Islomjon Bahromov boʻladi.

Islomjon Ismoiljon oʻgʻli Bahromov 1995-yil 17-iyul kuni Samarqand viloyatida tugʻilgan. Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchisi. 2014-yildan turli yosh toifalaridagi musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Murabbiylari Ravshan Roʻziqulov va Elmurat Tasmuradov. 2017-yil Ozarbayjonda oʻtgan Islom birdamligi oʻyinlarining kumush, Turkmaniston mezbonlik qilgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sohibi. Qitʼa birinchiliklarida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan.

2023-yil Serbiyada oʻtgan jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritib Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega boʻlgan.

Text to speech