11 Iyun 2021 2035

Bugun uch nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi

Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati davom etadi. Bugun musobaqaning oltinchi kun doirasida og‘ir vaznli dzyudochilar bahs olib borishadi.

Vakillarimizdan -100 kg vazndagi Muhammadkarim Xurramov va Muzaffarbek To‘raboyev, qizlarimizdan -78 kgda Irisxon Qurbonova medallar uchun kurashishadi. Dzyudochilarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Luk Monondo (Gabon) / Toma Nikiforov (Belgiya)
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Mattias Medson (Daniya)
-78 kg: Irisxon Qurbonova – Antonina Shmelova (Rossiya)

Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlar yakunida yurtdoshimiz Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bugun kurashadigan polvonlarimizga ham muvaffaqiyat tilaymiz.

Text to speech