Bugun Gonkongda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati booshlandi
Bugun Gonkongda dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati start oladi. Qitʼamizning 36 mamlakatidan 270 nafardan ziyod sportchisi qatnashadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik.
Osiyo chempionati g’oliblari jahon va Parij-2024 reytingi uchun 700 ochkoga ega bo’lishadi. Bugun yengil vazn toifasidagi bahslar oʻtkaziladi. Unda tatamiga chiqadigan hamyurtlarimiz ishtiroklarini quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:
-60 kg: Dilshod Baratov – Maimu Sapam (Hindiston) / Alvin Mendoza (Filippin)
-60 kg: Doston Roʻziyev – Xesham Makabr (Yaman) / Duk Chu (Vyetnam)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Xoang Truong (Vyetnam) / Doxeop Li (Janubiy Koreya)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Munis Xavsavi (Saudiya Arabistoni) / Ka Vong (Gonkong)
-48 kg: Halima Qurbonova – Lea Lopes (Filippin)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Kokoro Fujishiro (Yaponiya) / Xsi Shen (Xitoy Taipeyi)
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Txu Do (Vyetnam)
-57 kg: Shukrjon Aminova – Ngok Nguyen (Vyetnam)