19 Aprel 2024 349

Ikki o’zbek qilichbozi jahon chempionatining finalida oltin medal uchun bellashdi

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun yuqori notada tugadi. Oʻsmirlar toifasida qatnashgan sablyachilarimiz bugungi bahslarni bittadan oltin, kumush va bronza medallari bilan yakunlashdi.

Qayd etish joiz, yigitlar oʻrtasidagi finalda ikki nafar hamyurtimiz Sardor Abdukarimbekov va Alpamis Urakbayev chempionlik uchun jang qilishdi. Oʻziga xos “oʻzbekcha duel”da Sardor 15:14 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa Abdukarimbekov oltin, Urakbayev esa kumush medalga sazovor boʻldi.

Qizlar oʻrtasida kechgan bahslarda esa yarim finalgacha yetib borgan Nargiza Jaksibayeva bronza medali bilan taqdirlandi. Ahamiyatlisi, Jaksibayeva oʻtgan yili Bolgariyada oʻtgan dunyo birinchiligida ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olgan edi.

Text to speech