11 Iyun 2021 1973

Murodjon Xolmurodovni tabriklaymiz!

Bugun velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Murodjon Xolmurodov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Murodjon Xolmurodov 1982-yil 11-iyun kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanida tavallud topgan. Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston sharafini nufuzli musobaqalarda munosib himoya qilib kelmoqda. 2013-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatining ikki karra g‘olibi, 2011 va 2019-yilgi qitʼa birinchiliklari sovrindori. 2018-yil Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida shosseda o‘tkazilgan individual vaqt poygasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

2012-yil Londonda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida shossedagi guruh poygasida ishtirok etgan. 2019-yil aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatidagi ishtiroki orqali Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchimizni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech