FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Aprel 2024 2965

Parij-2024 litsenziatlari: Jahon chempionatining kumush medali sohibi Aram Vardanyan

4 yillikning eng nufuzli musobaqasida qatnashadigan atletlarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bugun Fransiya maydonlarida yunon-rum kurashi boʻyicha -77 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan hamyurtimiz Aram Vardanyan haqida maʼlumot beramiz.

Aram Simonovich Vardanyan 1995-yil 11-noyabr kuni Yerevan shahrida tavallud topgan. 2010-yildan Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Yunon-rum kurashi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionatlari, qator xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori hisoblanadi. Murabbiyi Ravshan Roʻziqulov. Vardanyan 2019-yil Qozogʻistonning Nur-Sultan shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida -72 kilogramm vazn toifasida kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2016-yil Bangkok va 2018-yil Bishkekda oʻtgan Osiyo chempionatlari, 2017-yil Ashxobodda oʻtgan Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida bronza medallariga sazovor boʻlgan.

2023-yil Serbiyada oʻtgan jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan.

Text to speech