FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Aprel 2024 3156

Kurashchilarimiz Osiyo chempionatini yettita medal bilan yakunlashdi

Sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Qirgʻizistonda nihoyasiga yetayotgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini tugatdi. Biroz avval -82 kg vazn toifasida qatnashgan yunon-rum kurashchimiz Muhammadqodir Rasulov bronza medali uchun bahsda hindistonlik Roxit Daxiyadan ustun kelib, uchinchi oʻrin sohibiga aylandi.

Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqada 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Sovrindorlar roʻyxati quyidagicha:

Kumush medal:
-86 kg: Javrail Shapiyev (erkin kurash)
-92 kg: Sherzod Poyonov (erkin kurash)

Bronza medal:
-79 kg: Asomiddin Hasanov (erkin kurash)
-72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi)
-77 kg: Doniyorxon Nabikov (yunon-rum kurashi)
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov (yunon-rum kurashi)
-87 kg: Rahimjon Uzoqov (yunon-rum kurashi)

Endi 19-21-aprel kunlari ushbu shaharning oʻzida Parij-2024 litsenzion turniri boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham Olimpiada yoʻllanmalari uchun kurash olib boradi. Jamoamiz tarkibi bilan kelgusi xabarlarda tanishtiramiz.

Text to speech