15 Aprel 2024 469

Ot yoʻrttirish boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻoliblar aniqlandi

12-14-aprel kunlari ot yoʻrttirish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. “Universal Horses Stable” majmuasi mezbonlik qilgan musobaqada poytaxtimizning sara chavandozlari gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Uch kun davom etgan qiziqarli bahslarda Alyona Derevyanko, Feruza Abdullayeva, Inna Tokmakova oʻz yoʻnalishlarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Eslatib oʻtamiz, 6-8-aprel kunlari mamlakat birinchiligi doirasida konkur boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olingan edi.

Text to speech