12 Aprel 2024 252

Sherzod Poyonov qitʼa birinchiligini ikkinchi o‘rinda yakunladi

Yana bir erkin kurashchimiz Sherzod Poyonov terma jamoamiz hisobiga kumush medal taqdim qildi. -92 kg vazn toifasida final bosqichigacha yetib borgan polvonimiz chempionlik bahsida eronlik Amirhossayn Feruzpurga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi o’rin bilan cheklandi.

Shu tariqa, erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Ertadan ayollar kurashi bo’yicha bellashuvlar boshlanadi.

Text to speech